Ronaldu gol urish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

  • 3 sentabr, 2023, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “An-Nasr” futbolchilari “Al-Xazm” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Portugaliyalik yulduz o‘zi bir bor gol urib, ikki marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi.

Statistika markazlari tarqatayotgan xabarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu rasmiy uchrashuvlardagi barcha gollari sonini 850 taga etkazib oldi. Bu mutlaq rekord hisoblanadi.

38 yoshli futbolchi klublar miqsida 727 ta to‘p kiritgan. Portugaliya terma jamoasidagi gollari soni 123 tani tashkio qilmoqda. Ronaldu har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham rekordchi hisoblanadi.

Ungan keyingi o‘rinda borayotgan Lionel Messi faoliyati davomida rasmiy uchrashuvlarda 818 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!