
Ronaldu nima sababdan Evropada qola olmaydi?
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu nima sababdan Evropa klublariga jalb etilmayotgani ma’lum bo‘ldi.
Nufuzli "The Times" nashrining yozishicha, bunga 37 yoshli portugaliyalikning avvalroq bergan shov-shuvli intervyusi hamda JChdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari grand klublar Krishtianuning hozirgi yoshi va katta maoshini ham inobatga olishmoqda, shuning uchun mashhur forvard transferi asossiz deb hisoblandi. Eslatib o‘tamiz, ayni dam Krishtianu Ronaldu hamon erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida "Al-Nassr" Krishtianuga 300 million evrolik taklif bilan chiqqan, ammo rad javobini olgan. Endilikda, klub u bilan dekarb oyi so‘nggiga qadar kelishuvga erishish arafsida.
Fikrlar