
Ronaldo: Neymar sotilmaydi
Braziliyalik mashhur hujumchi Ronaldo PSJdagi hamyurti Neymarning boshqa jamoaga o‘tishi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Uning darajasidagi futbolchilar atrofida hamisha mish-mishlar bo‘ladi. Lekin, ularning hech biri aniq yoki rasmiy emas. Bu normal holat, chunki Neymar – ajoyib futbolch va har qanday jamoa uni sotib olishni xohlaydi. Ammo, mening bilishimcha u sotilmaydi”, - deydi Ronaldo.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neymar PSJdan ketish haqida o‘ylay boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga esa "Real" va "Manchester Siti"dan qiziqishlar bor.
Fikrlar