
Ronaldino: "Endi navbat Yamalga"
"Barselona" afsonasi Ronaldino Kataloniya klubining 17 yoshli hujumchisi Lamin Yamalning o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Biz Messi bilan allaqachon tarixga kirdik, endi navbat Lamin Yamalga, u ham xuddi shunday ish qilsin. Uning bu yoshida ko‘rsatgan o‘yini aql bovar qilmas darajada. U juda iqtidorli futbolchi. Bunday futbolchilarni tomosha qilish menga yoqadi," – deya Ronaldinoning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ta’kidlash joizki, yoshiga qaramay, Lamin Ispaniya chempioni bo‘lishni allaqachon ikkinchi bor uddalagan.
Fikrlar