"Roma"ning yulduz futbolchisi Rossiyaga ketishi mumkin

  • 3 avgust, 2021, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Roma" yarim himoyachisi Pedro Rodrigesning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Rossiya chempioni 34 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

O‘z navbatida "Roma" rahbariyati ham uni qo‘yib yuborishga tayyor. Boisi Pedro jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalariga kirmaydi.

34 yoshli Pedro "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklarning asosiy tarkibida 2005 – 2015 yillarda to‘p surgan. Pedro "Roma" safdia 2020 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan mavsum 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Uning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!