“Roma” yana bir yulduz futbolchi transferini e’lon qilishga yaqin

  • 24 iyul, 2022, 17:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Boisi, futbolchiga "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, gollandiyalik “bo‘rilar” safiga o‘tishga yaqin turibdi. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, u allaqachon Rim klubi vakillari bilan shartnoma borasida kelishib olgan.

Veynaldum "Roma" loyihasini bilan shaxsan tanishib chiqqan va bu unga ma’qul kelgan. Shuningdek, u Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynashni istamoqda. Futbolchi portugaliyalik mutaxassis bilan shaxsan suhbatlashgan hamda u bilan ishlamoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Kelishuv kelasi hafta ichida rasman ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!