
“Roma” o‘z yulduziga narx belgiladi
“Roma” rahbariyati mavsumni barqaror o‘tkaza olmayotgan Nikolo Dzanolodan voz kechishga qaror qildi. Klub mutasaddilari 23 yoshli futbolchini yanvar yakulangunicha sotib yuborishga tayyor.
Avvalroq, Rim klubi italiyalik universal o‘yinchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan edi.
Manbalarning ta’kidlashicha, “bo‘rilar” iste’dodli vingerni 35-40 million evro evaziga qo‘yib yuboradi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Italiya terma jamoasi a’zosiga “Tottenxem”, “Lids”, “Vest Xem”, “Borussiya” kabi klublar hamkorlik taklifini berishni rejalashtiryapti.
Fikrlar