“Roma” katta ishga qo‘l urdi

  • 29 dekabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati qishki transferlar vaqtida ikki yarim himoyachidan birini olish uchun muzokaralarni davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

Birinchi nomzod sifatida “Sassuolo” etakchisi Davide Frattezi belgilangan. Sassuololiklar “Roma” tarbiyalagan futbolchini 35 million evroga baholamoqda. Rimliklar bu o‘yinchini qaytarish uchun “Sassuolo”ga yana ikki tarbiyalanuvchisi – Edoardo Bove va Kristian Volpatoni berishga tayyor.

Shuningdek, Joze Mourino “Torino” vakli Sasha Lukichni ham kutyapti. Serbiyalik futbolchini Fratteziga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

“Torino” poytaxt klubidagi ikki o‘yinchi – Eldor Shomurodov va Marash Kumbullaga jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!