Rodri og‘ir jarohat olishning foydasini aytdi

  • 4 sentabr, 21:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi, "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi Rodrining fikricha, 2024 yil sentyabr oyida olgan xochsimon paylari uzilishi uning faoliyatini uzaytirishga qodir.

Tecno

"Menimcha, bu jarohat mening sport kareramni uzaytiradi, chunki bu menga yoqadimi yoki yo‘qmi, lekin men bir yildan beri oyoqlarim va tanamga dam berdim.. Ko‘rinib turibdiki, hech kim bunday jarohat olishni istamaydi, biroq buning ijobiy tomoni bor.." - deya Rodrining so‘zlarini keltiradi City Xtra X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Xochsimon paylar uzilishi tufayli ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 110 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!