Roberto De Dzerbi: Futbolchilar qo‘rqyapti!
- 13-апрел, 18:30
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida inqirozni boshdan kechirayotgan “Tottenxem” jamoasining yangi murabbiyi Roberto De Dzerbi futbolchilarga quyi ligaga tushib ketish xavfi ta'sir qilayotganini tan oldi.
Italiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi birinchi uchrashuvda londonliklar “Sanderlend” maydonida kichik hisobda yutqazdi va bu natija “shporlar”ni xavfli zonada qoldirdi.
O‘yindan keyin jurnalistlar Roberto De Dzerbidan “Futbolchilarga bosim ta'sir qilyaptimi?” degan savolni berdi.
- Menimcha, ha ta'sir qilyapti. Agar meni so‘rasangiz, men 46 yoshdaman, menda futbolchilarga qaraganda ko‘proq tajriba bor va men ijobiy fikrdaman.
Bu ularni inson va futbolchi sifatida bilishim bilan bog‘liq. Shuning uchun qarashlarim ijobiy, “Tottenxem” ekanimiz uchun emas.
Ularda bitta o‘yinni yutishga yetarli mahorat bor va hozirgi asosiy maqsadimiz ham shu. Agar biz g‘alaba qozonsak, vaziyatga boshqacha qaray olamiz.
Siz mening qanday murabbiy ekanimni bilasiz. Mening uslubimdagi muhim jihat – bu psixologiya, ya'ni futbolchilarga ishonch berish. Men ularga ruhiy jihatdan kerakli narsani berishim kerak.
Shunda biz yaxshiroq o‘ynaymiz. Hafta davomida ular yaxshi o‘ynaydi, chunki ularning fikri ortiqcha narsalardan toza bo‘ladi. Ammo o‘yin paytida bu qiyin.
Mening vazifam – ularni mashg‘ulotlarda ko‘rsatgan o‘yini rasman uchrashuvlarda ham namoyish qilishga yordam berish, - dedi tajribali murabbiy.