
Robert Uittaker: "Xamzat Chimaev Aleks Perreyrani engishi mumkin, biroq..."
- 21-декабр 2024, 17:20
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker braziliyalik Aleks Perreyra va chechenistonlik Xamzat Chimaev o‘rtasida jang tashkil etilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Menimcha, Chimaev bu bahsda g‘alaba qozonadi, biroq osonlikcha emas. Xamzat o‘zining kuchli tomonlariga asoslanadi. Agar u biroz sekinlashsa, Pereyra nokaut qilishi mumkin” - dedi Uittaker "MMArcade" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Xamzat oxirgi jangida Robert Uittakerni 1-raundda sabmishn orqali mag‘lub etgandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q