
Robben Evropada to‘p surishni istamayapti
Yozda “Bavariya” bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylanadigan Aren Robbenning maqsadi ma’lum bo‘ldi.
Gollandiyalik 35 yoshli vinger “Bavariya”dan ketgach, faoliyatini MLS chempionatida davom ettirishni istamoqda. Shuningdek, Robberga “Inter” klubidan ham taklif tushmoqda. Futbolchining o‘zi esa okean ortiga borish istagida ekanligini ma’lum qildi.
Robben 2009 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u myunxenliklar safida 15ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar