Riyod-2025: Kuni kecha 4 ta medalni qo‘lga kiritdik!
- 20-ноябр 2025, 10:43
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- O'zbek sporti
Saudiya Arabistonida VI Islom birdamligi o‘yinlarining yana bir kuni ortda qoldi. Kecha kun davomida sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Oltin:
- Aktenge Keunimjaeva (ayollar kurashi, -50 kg)
Kumush:
- Shohida Ahmedova (ayollar kurashi, -53 kg)
- Lidiya Podsepkina (engil atletika, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish)
Bronza:
- Zuhriddin Qodirov (qilichbozlik, sablya)
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q