Rikki Xatton vafoti etdi

  • 18 sentabr, 13:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik sobiq jahon chempioni Rikki Xattonning vafoti butun boks olamida katta yo‘qotish sifatida qarshi olindi. Uning oilasi voqea yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Tecno

"Biz barchamiz so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan voqealardan larzadamiz. Hammaga ma’lum bo‘lgan qiyinchiliklariga qaramay, Richard o‘zini yaxshi his qilayotgandi. U kelajakni intiqlik bilan kutayotgan, Dubayga qaytish jangini targ‘ib qilish uchun borishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Riki u erdagi qizlari bilan bayram qilishni ham rejalashtirgandi.

So‘nggi kunlarda Richard oilasi va jamoasi bilan muloqotda bo‘ldi. Juma oqshomida u qizlari bilan kechki ovqat qilgan. Richard hech qachon yolg‘iz emasdi va oxirgi kunlari ham yaqinlari bilan edi.

Biz barchamiz hafta oxirida sodir bo‘lgan voqealardan dahshatdaman. Uni uning do‘sti va uzoq yillik menejeri Pol Spik topgan. Biz uni, Richardning ota-onasi, farzandlari va butun oilasini qo‘llab-quvvatlaymiz", - deyiladi bayonotda. 

Ma’lumot uchun, Rikki Xatton professional ringda 45 ta jang o‘tkazib, ulardan 43 tasida g‘alaba qozongan (31 tasi nokaut bilan). U super engil va yarim o‘rta vazn toifalarida jahon chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, o‘z davrining eng mashhur britaniyalik bokschilaridan biri sifatida tarixda qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!