
"Real"ning turkiyalik "Messisi"ga Evropaning 5 grandi qiziqmoqda
"Real" yarim himoyachi Arda Gyuler yozgi transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, turkiyalik futbolchining xizmatlariga Evropaning beshta klubi qiziqish bildirmoqda. Gyuler uchun PSJ, "Tottenxem", "Arsenal", "Borussiya" D va "Bayer" kurashib ko‘radi.
Arda o‘tgan yozda 20 million evro evaziga Istanbulning “Fenerbaxche” klubidan "qirollik klubi"ga o‘tgan edi. Biroq jarohatlar tufayli u joriy mavsumda deyarli maydonga tushmadi. 18 yoshli xavbek joriy mavsum La Ligada ikki o‘yinda qatnashdi xolos.
Fikrlar