“Real”ga supergol urgan Yaxshiboev o‘ziga yangi jamoa topdi

  • 21 yanvar, 2024, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolining keyingi yillardagi eng iqtidorli futbolchilaridan hisoblangan Jasur Yaxshiboev yana jamoasini o‘zgartiradigan bo‘lyapti.

Tecno

26 yoshli hujumkor futbolchimiz faoliyatini legioner sifatida davom ettirishni ma’qul ko‘rdi. Manbalardan biri –  meta-ratings.kz saytining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik o‘yinchi Qozog‘istonning amaldagi chempioni – “Ordabasi”ning xorijiy yig‘iniga qo‘shilish uchun Turkiyaga etib borgan.

O‘tgan mavsumda chimkentliklar safida ikki nafar o‘zbek futbolchisi – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov o‘ynagan va ular jamoaning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi.

picture_1

Mavsumlar oralig‘ida chempion jamoa safida katta o‘zgarishlar bo‘lyapti. Xususan, klub rahbariyati yangilandi. O‘yinchilar orasida ham yangiliklar bor. Xususan, o‘tgan yili jamoaning barcha uchrashuvlarida qatnashib, 26 ta o‘yinda ettita gol urgan Bobur Abduxoliqov “Nasaf”ga qaytishga qaror qildi.

Shahboz Umarov faoliyatini qaerda davom ettirishi yoki Chimkent jamoasida qolishi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Ta’kidlash joizki, Jasur Yaxshiboev bir necha yil muqaddam Belarus chempionatiga yo‘l olganida “Energetik-BGU” safida yarim mavsum Shahboz Umarov bilan birga o‘ynagan. Bobur Abduxoliqov esa, bu ikki legionerimizdan keyin “Energetik-BGU” safida porlagan va bir necha individual sovrinlarni qo‘lga kiritgandi.

Jasurbek Yaxshboevning faoliyati ancha qiziqarli voqealarga boy tarzda kechayotganini ham ta’kidlash lozim.

Yaxshiboev aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Sherlar” boshlang‘ich tarkibidan muqim joy berilmaganidan keyin u dastlab, Olmaliq jamoasida ijarada o‘ynadi. 2020 yilning martida kutilmaganda Belarusga yo‘l oldi. Avvaliga “Energetik –BGU”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan Jasur ikkinchi davrani “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasi boshladi va yakunda  mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Yaxshiboev Evropaning kuchliroq ligalarida o‘ynash maqsadida Polshaning eng mashhur jamoasi “Legiya”ga ko‘chib o‘tdi. Biroq bu jamoada unga imkon berishmadi. Varshavaliklar bir necha oydan keyin legionerni Moldovaning “Sherif” jamoasiga ijaraga berib yubordi.

“Sherif”da Jasurning natijalari yaxshilandi. Ayniqsa, Moldova klubi o‘z tarixida ilk bor Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashdi. 2021 yilning 28 sentyabr sanasi Yaxshiboevning xotirasida bir umrga qoladigan bo‘ldi.

Jasur “Santyago Bernabeu” arenasida o‘tkazilgan uchrashuvda “Real” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining tarixiy g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Shu tariqa, Yaxshiboev Madridda “Real” darvozasiga gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.

Ikki yil davomida uchta mamlakatda to‘p tepgan Yaxshiboev Belarus, Polsha, Moldova chempioni bo‘ldi.

2022 yilning yozida Yaxshiboev O‘zbekistonga qaytdi va “Navbahor”dan qo‘nim topdi.

41e4c3ddeb3226253605eb4d56b570b5

Endi hamyurtimizning faoliyatida yangi sahifa ochilmoqda. Yaxshiboev kelasi mavsum “Ordabasi”ning chempionlik unvonini himoya qilishiga va Evropa Chempionlar ligasi saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tishiga ko‘maklashishiga umid qilamiz.

TsSKA Osiyo kubogida porlayotgan Fayzullaev bo‘yicha rejasini aytdi

Abduqodir Husanovga xorijdan xushxabar!

G‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi! Avstraliyaliklar ham, o‘zbeklar ham sensatsiyani ko‘zlayapti

Hindlar O‘zbekistonga qarshi o‘yin oson kechishiga ishongandi. Raqibning 3 ta xatosi!

Fayzullaev, Husanov va o‘zbek futbolchilariga dunyoda qanday baho berishyapti?

O‘zbekistonning g‘alabasiga Hindistondan qanday munosabat bo‘ldi?

Hindlar qaysi futbolchilarimizdan cho‘chiyapti?

Shomurodovning sensatsion transferiga nima xalaqit qilyapti?

Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sardorbek 5555
20/01/2024 21:13
Realga gol urgan lekin terma jamoaga chaqirilmadi Osiyo kubogida
Rasul M
20/01/2024 21:02
Shu bolani porlab ketadi hech bolmasa top-5 chempionatida oynar deb oylagan edim afsus odamni kibir degan narsa yeb bitirar ekan...hozirham ozini bosib olsa uncha muncha oyinchilardan yaxshi oyin korsatadi
Дилшод Xaмзаев
20/01/2024 21:00
Миллатига қараса биринчи ўзбек бўлиши мумкин аммо Реал Мадрид дарвозасига Максим Шацких хам гол урган Динамо -Реал 2-2 ўйин лекин Киевда бўлган дубл муаллифи бўлган.