
“Real”da Mbappening raqami sabab norozilik chiqdi
“Real”da uzoq yillar davomida 10-raqamda o‘ynagan Luka Modrich shartnomasi yakunlab, klubni tark etganidan keyin uning raqami bo‘sh qoldi.
Klub rahbariyati bu raqamni jamoaning yangi etakchisi Kilian Mbappega topshirdi. Frantsiyalik to‘purar Madrid klubidagi debyut mavsumini 9-raqamda o‘tkazgan edi.
Mbappe yangi raqamni qabul qilib oldi. Uning 9-raqami asosiy tarkibga qabul qilingan hujumchi Gonsalo Garsiyaga berildi. Aynan mana shu holat Gonsalo Garsiyaning asosiy raqobatchisi Endrikka yoqmadi.
Goal nashrining yozishicha, braziliyalik 19 yoshli hujumchining jamoa ichida o‘zini tutishi 9-raqam unga berilmaganidan alamzada ekanini ko‘rsatmoqda.
Fikrlar