
"Real"da El-Klasiko oldidan yo‘qotish mavjud
As nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi mazkur jarohati bois 6 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi va 18 dekabrda o‘tadigan "Barselona" bilan o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Xames 15 noyabr kuni Kolumbiya terma jamoasi safida jarohat olgan edi va shu tufayli Madridga qaytishga majbur bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, xavbek La Ligada 7 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritib, yana bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar