"Real" Zidanni ortga qaytarmoqchi emas
Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" so‘nggi o‘yinlarda qoniqarsiz natijalar qayd etayotgani sababli, klub u bilan xayrlashishi mumkinligi haqida mish-mishlar chiqdi.
Ispan OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, “qaymoqranglilar”ni Zinedin Zidan boshqarishi aytilinmoqda. Biroq frantsuz mutaxassisining Madrid klubiga uchinchi bor qaytishi juda past ehtimolga ega deb baholanmoqda.
Transfer News Live nashrining ASga tayanilib xabar berishicha, "Real" Zidanni bosh murabbiylikka qaytarishni umuman ko‘rib chiqmayapti.
Qayd etilishicha, Zidan Frantsiya Futbol Federatsiyasi bilan faol muzokaralar olib bormoqda va katta ehtimol bilan 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng milliy jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, qirollik klubi “Selta”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, La Liga turnir jadvalida “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.



Fikrlar