
"Real" Zidan o‘rniga chempion murabbiy yoki o‘z afsonasini olib kelishi mumkin
Xabaringiz bor, kecha tunda Evropaning juda ko‘plab nashrlarida "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning klubdan ketayotgani va jamoadagilar bilan xayrlashib ulgurgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
"La Gazette dello Sport" nashrining ma’lumot berishicha, "qirollik klubi" o‘ziga yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgan. Hozirda Peres oldida "Inter" bilan chempionlikka erishgach, jamoani tark etgan Antonio Konte va "Real" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi, klub afsonasi Raul Gonsales variyantlari bor.
Manbaning ma’lumot berishicha, "blankos" yaqin soatlar oralig‘ida Zidanning iste’fosini rasman e’lon qiladi.
Avvalroq, "galaktikos"ni boshqarish uchun Massimiliano Allegri nomzodi ham tilga olinayotgan edi. Ammo italyan murabbiyi allaqachon "Yuventus" bilan muzokaralarga kirishgan.
Fikrlar