“Real” yulduzi “Manchester Siti”ga o‘tmadi

  • 14 avgust, 2024, 17:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” rahbariyati jamoani tark etib, “Atletiko”ga o‘tishga qaror qilgan Xulian Alvares o‘rniga “Real” hujumkor futbolchisi Rodrigo Goesni olib kelishni rejalashtirayotgan edi.

23 yoshli braziliyalik hujumchiga “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola shaxsan qiziqmoqda va uni jamoada o‘ynatishni orzu qilishini yashirmayapti.

Ispaniyaning AS nashriga ko‘ra, Rodrigo Angliya chempionidan bo‘layotgan qiziqishga javob berdi. Rodrigo “Real”da baxtiyor va klub rahbariyati, murabbiylar shtabining ishonchini his qilayotganini ta’kidladi. Shu bois, Rodrigo Madridda qolishni ma’qul ko‘rmoqda.

“Real” Kilian Mbappeni qo‘lga kiritganidan beri Rodrigoning yangi mavsumda o‘yin amaliyoti kamayib ketishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq, braziliyalik hujumkor futbolchi asosiy tarkibdagi joyi uchun kurashishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!