
“Real” yulduzi Angliyaga otlandi
“Real”ning iste’dodli yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi.
25 yoshli yarim himoyachiga “Arsenal” xaridor bo‘lmoqda. “Kanonirlar” madridliklarga kerak bo‘lmay qolgan Martin Edegorning transferidan keyin Asensioni olish harakatini boshlaydi. London klubini kuchaytirishi kutilayotgan futbolchining transferi 34 million funtga baholanmoqda.
Marko Asensioga “Arsenal”dan tashqari “Liverpul” va “Tottenxem”dan ham jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Asensio 2016 yildan beri “Real”ning asosiy tarkibida to‘p tepmoqda. U shu kunga qadar 120 ta uchrashuvda qatnashib, jami to‘qqizta sovringa ega chiqqan.
Fikrlar