
"Real" yarim himoyachisi jamoadan ketmoqchi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos qishda jamoani tark etmoqchi. Bunga asosiy sabab futbolchiga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotgani bo‘lmoqda. Ispaniyalik yarim himoyachi bu mavsum La Ligada atigi "Real Valyadolid"ga qarshi 5 daqiqa harakat qildi xolos.
28 yoshli futbolchiga yozgi transferlar oynasida Ispaniyaning "Real Betis" va "Sevilya" klublari qiziqqan edi. Ammo "qaymoqranglilar" o‘yinchinining ketishiga yo‘l qo‘yishmadi. Bugungi "Betis"ga qarshi uchrashuv oldidan "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti u haqidagi mish-mishlarga to‘xtalib o‘tdi.
"Dani biz uchun muhim o‘yinchi, u mavsum davomida xohlagan daqiqasiga ega bo‘ladi. U biz bilan jamoada qolgani uchun juda xursandmiz", - deb aytib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, Sebalos "qirollik klubi" safida 149 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar