"Real" va PSJ bir futbolchi uchun da’vogar

  • 15 sentabr, 2021, 17:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin. Unga Evropaning bir necha grandlari jiddiy qiziqmoqda.

Tecno

Jumladan, "Real" va PSJ londonliklar bilan kelisha olmayotgan himoyachi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda. Agar "aristokratlar" o‘z futbolchisini yangi bitimga ko‘ndira olmasa, yuqoridagi ikki grand Antonioni tarkibga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Germaniyalik himoyachi "Chelsi"da qolishga rozi. Biroq buning uchun klub Ryudigerning maoshini 7,2 milliondan 11,2 million evroga qadar oshirishi lozim. Da’vogarlardan "Real" unga bu pulni berishga tayyor. Madridliklar uni jamoani tark etgan Ramos hamda Varanga munosib voris sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Ryudiger va "Chelsi" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar mo‘ljallangan. 28 yoshli futbolchi 2017 yildan beri "aristokratlar" sharafini himoya qilib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!