
"Real" uchun FIFA kunlari og‘ir kelmoqda, yana bir yulduzi jarohat oldi
- 7-сентябр 2024, 14:55
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
"Real Madrid" uchun tanaffus qimmatga tushmoqda. Ko‘plab futbolchilar terma jamoa safida jarohatlar olib Ispaniyaga qaytmoqda.
Bularning safiga "qaymoqranglilar"ning yosh iste’dodli vingeri hisoblangan Arda Gyuler ham qo‘shildi. Turkiyalik futbolchi Millatlar ligasida Uelsga qarshi uchrashuvning 90 daqiqasida jarohat olib maydonni tark etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda 19 yoshli hujumchining jarohati jiddiy emas va shu sabab u La Liganing 5-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q