
“Real” MYuga: Yana ozgina qo‘shvoringlar!
“Real” jamoadan ketmoqchi bo‘layotgan Rafael Varanni “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yubormayapti.
Madridliklar bu himoyachini 70 million evroga baholagandi. Lekin inglizlar asosiy xaridor sifatida bu o‘yinchi uchun 45 ming evro taklif qildi. Hozircha, Varanga boshqa jiddiy xaridor yo‘q.
Shunga qaramay, “Qirollik klubi” manchesterliklarning taklifini qabul qilishga shoshilayotgani yo‘q. Ular hech bo‘lmaganda, bu summaga besh million evro qo‘shilishini kutmoqda.
Agar 50 million evrolik transfer o‘xshamasa, “Real” Varanni PSj yoki “Yuventus”ga o‘tkazishga harakat qiladi.
Fikrlar