
“Real” Mbappeni olish yo‘lini topdi
“Qirollik klubi” Kilian Mbappeni shu yoz o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Madridliklar futbolchining erkin agentga aylanishini kutmoqchi emas.
Ayni paytda bu transfer ko‘p jihatdan “Real”ning o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilarini sotishiga bog‘liq. Birinchi navbatda, Martin Edegor boshqa jamoaga transfer qilinsa, klub xo‘jayinlari PSJga 150 million evro taklif qilish orqali Mbappeni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
Madridliklar norvegiyalik yarim himoyachini 50 million evroga “Arsenal”ga sotishni mo‘ljallamoqda.
Shuningdek, ikki hujumchi – Luka Yovich va Mariano Diasga ham xaridor topilsa, bu transferlardan keladigan mablag‘ Mbappeni olishga yo‘naltiriladi.
Fikrlar