"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi o‘zini Messi va Ronalduga tenglashtirdi

  • 22 noyabr, 13:44
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl uni jarohatlar bezovta qilmaganida hozir Messi va Ronaldu darajasida bo‘lishini aytdi.

Tecno

“Agar jarohatlar bo‘lmaganida, bugun mening ismim Ronaldu va Messi nomlari kabi muhokama qilinar edi. “Real”dagi mashg‘ulotlarda jarifa zarbalarini eng yaxshi ijro etadigan futbolchi edim, lekin ularni asosan Ronaldu tepishni afzal ko‘rardi. Shunga qaramay, mening aniq bajarish foizim har doim undan yuqori bo‘lgan.

 Men “Liverpul”ga qarshi Chempionlar Ligasi finalida ajoyib gol urganman, ammo hech kim buni turnir tarixidagi eng zo‘r gol deb tan olishni istamaydi. Chunki mening ismim Garet Beyl bo‘lgani uchun",
—  dedi Beyl.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!