"Real Madrid" futbolchisi YEChLda haftalik eng yaxshi oʻyinchi deb topildi
- 22-январ, 21:11
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
UEFA rasmiy sayti orqali madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Zhunior Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilganini ma’lum qildi.
Braziliyalik hujumchi "Monako"ga qarshi bahsda 1 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi va jamoasining yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ovoz berish jarayonida u "Atletik" yarim himoyachisi Robert Navarroni ( "Atalanta"ga qarshi o‘yinda 1 gol va 2 assist, 3:2), "Barselona" futbolchisi Fermin Lopesni ( "Slaviya"ga qarshi o‘yinda dubly, 4:2) hamda "Sporting" hujumchisi Luis Suarezni (PSJga qarshi bahsda dubly, 2:1) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Evropaning eng nufuzli musobaqasida Vinisius 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 assist muallifi bo‘ldi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q