
"Real Madrid": "Anchelotti abadiy Madrid oilasining bir qismi bo‘lib qoladi"
"Real Madrid" Karlo Anchelottining yozda jamoani tark etishini e’lon qilib, rasmiy bayonot bilan chiqdi:
“Real Madrid” futbol klubi va Karlo Anchelotti jamoa bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini yakunlash borasida kelishuvga erishdi. Bizning klubimiz Madrid va Jahon futboli tarixidagi eng ulug‘ afsonalardan biri bo‘lgan Karlo Anchelottiga chuqur minnatdorlik va samimiy muhabbatini bildirmoqchi.
Karlo Anchelotti jamoamizni 123 yillik tariximizdagi eng muvaffaqiyatli davrlardan biriga etakladi va klub tarixidagi eng ko‘p titul yutgan murabbiyga aylandi — 6 mavsumda jami 15 ta titul.
Anchelotti endi abadiy “Madrid” oilasining bir qismi. Biz shunday murabbiyga ega bo‘lganimizdan faxrlanamiz — u bizga ulkan muvaffaqiyatlar keltirdi va klubimizning qadriyatlarini ham o‘rnakli tarzda taqdim etdi" - deya Peresning so‘zlarini keltirdi "qirollik klubi"ning rasmiy sayti.
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" Ispaniya La Ligasining so‘nggi turida "Real Sosedad" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Luka Modrich va Karlo Anchelotti klub bilan xayrlashadi. Mazkur to‘qnashuv esa 24 may kuni 19:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar