
“Real” ishongan futbolchi chempion jamoaga o‘tib ketmoqchi
“Real” bosh murabbiy Karlo Anchelotti oldida tarkibni tartibga solish masalasi turibdi.
Italiyalik mutaxassis yaqin kelajakda maydon markazida Luka Modrich o‘rnini 19 yoshli Arda Gyuler egallashini kutayotgan edi. Anchelotti turkiyalik legionerga kelasi mavsumdan ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirgan.
Biroq klub rahbariyati yoshi o‘tib qolgan yulduzni yana bir mavsum olib qolishga qaror qildi. Bu Gyulerning o‘yin amaliyotiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Shu bois, Arda boshqa klubga o‘tmoqchi. “Real” iqtidorli o‘yinchi bilan to‘liq xayrlashishga tayyor emas va shu bois, ijara varianti ko‘rib chiqilmoqda.
Arda Gyulerga xaridor bir zumda topildi. O‘z tarixida ilk bor Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan “Bayer” tarkibini Arda Gyuler yordamida kuchaytirmoqchi. Tomonlar hamkorlik bo‘yicha muzokaraga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar