“Real” iqtidorli futbolchisidan voz kechdi

  • 14 iyul, 2022, 12:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Marko Asensioning kelajagi haqida bir qarorga keldi.

Tecno

Avvalroq, futbolchi “qaymoqranglilar” bilan shartnoma uzaytirishni istashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo ispan nashrlariga ko‘ra, “Real” Marko bilan kelishuvni uzaytirishni istamayapti va uni jamoadan ketishiga qarshi emas. Asensio va “qirollik klubi” o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yil o‘rtasida yakuniga etadi.

“El Partidazo de COPE” nashri xabariga ko‘ra, madridliklar futbolchi yozda jamoani tark etishini dargumon deb hisoblamoqda. Boisi, Asensio "Real"dan ketishni istamayapti.

Futbolchi 2015 yilning iyulidan beri "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan mavsum u "Real" safida 42 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

“Transfermarkt” portali Markoning narxini 40 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!