"Real" faqat ikkita shart bilan Rodrini oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin
- 8-апрел, 12:32
- Abdukarim Atayev
- 0
- Futbol
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" futbolchisi Rodrini oʻz safiga qoʻshib olish fikridan voz kechmagan.
"Defensa Central" nashrining bergan maʼlumotiga koʻra, "shaharliklar" yetakchisi hali hamon "qaymoqranglilar"ning kelgusi yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri boʻlib turibdi. Lekin "qirollik klubi" faqat ikkita shart bilan bu transferga urinib koʻrishi mumkin. Birinchisi havbek Ispaniya terma jamoasi tarkibida joriy yil boʻlib oʻtadigan mundialda oʻzining jismoniy tayyorgarligini isbotlashi kerak, ikkinchisi esa futbolchining narxi 50 million evrodan oshmasligi lozim.
Hozirda 29 yoshli futbolchining "transfermarkt" portalidagi narxi 65 million evroni tashkil etadi. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha moʻljallangan.
Maʼlumot uchun, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum Gvardiola qoʻl ostida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritishga erishdi.