"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g'olib bo'ldi
- 21-апрел, 01:11
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Madridning "Real" klubi Yoshlar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar ligasida ikkinchi bor gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Finalda "qirollik klubi" Belgiya ning "Bryugge" jamoasini penaltilar seriyasida 4:2 hisobida magʻlub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan.
Uchrashuv Shveytsariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtdi. 23-daqiqada Xakobo Ortega "Real"ni oldinga olib chiqqan boʻlsa, 64-daqiqada Tobas Yensen hisobni tenglashtirdi.
Penaltilar seriyasida darvozabon Xavyer Navarro qahramonga aylandi — u ikki zarbani qaytardi. Shu bilan birga, "Real" futbolchilari barcha penaltilarni aniq amalga oshirdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q