"Real" Asensio bilan xayrlashishi mumkin
- 24-апрел, 17:07
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Raul Asensioni yozgi transferlar oynasida sotib yuborishi mumkin.
"Transfer News Live" manbasi "El Mundo" nashriga tayanib xabar berishicha, "qaymoqranglilar" endi 23 yoshli tarbiyalanuvchisiga asosiy tarkibdan joy bermayapti va uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Biroq futbolchining o‘zi jamoani tark etishni istamayapti.
Raul Asensioning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.
Joriy mavsum himoyachi barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q