“Real” aqlbovar qilmas rekord transferga qo‘l urmoqda
- 28-апрел, 00:10
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Muvaffaqiyatsiz baholanayotgan joriy mavsumdan keyin Madridning “Real” klubi shov-shuvli transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
The Touchline nashri ma'lumotiga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres “Bavariya” hujumkor futbolchisi Maykl Oliseni “Santyago Bernabeu”ga olib kelishga qat'iy qaror qilgan.
Ommaviy axborot vositalarida Peres 24 yoshli Oliseni yuqori baholayotgani haqida avval ham xabarlar chiqqan edi.
Yangilangan ma'lumotlarga ko‘ra, “Real” xo‘jayini o‘z rejasini amalga oshirish uchun “Bavariya”ga 175 million yevro miqdorida taklif tayyorlashni boshlagan. Ushbu transfer amalga oshsa, u Madrid klubi tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.
Hozircha madridliklar amalga oshirgan eng qimmat transfer 127 million yevroga teng. “Real” bu summaga “Borussiya Dortmund”dae Jud Bellingemni olgan.
2025-2026 yilgi mavsumda Maykl Olise barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma berdi.