
"Real" APL klubining ikki futbolchisini olmoqchi
"Real Madrid" Angliyaning "Bornmut" klubidan bir vaqtning o‘zida ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shish olishi mumkin.
"Qirollik klubi" chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez va markaziy himoyachi Din Xeysen bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. TodoFichajes xabar berishicha, "Real" ushbu ikki futbolchini kelasi transfer oynasida qo‘lga kiritmoqchi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli Kerkezning qiymati 28 million evro, 19 yoshli Xeysenning narxi esa 18 million evro deb belgilangan. Shuningdek, ushbu futbolchilar bilan "Liverpul" va "Manchester Yunayted" ham qiziqayotgani aytilmoqda.
Fikrlar