
"Real" afsonasi hech kimga kerak bo‘lmay qoldi!
"Real" sobiq futbolchisi Marseloga Evropa klublaridan munosib takliflar tushmayapti. Himoyachi Braziliyaga yo‘l olishi kutilmoqda.
"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining xizmatlari "Marsel" va "Galatasaroy"ga taqdim etilgan, biroq ikki klub ham tajribali fullbekni o‘z tarkibida ko‘rishni xohlamadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Marselo yuqori maosh so‘ramoqda. Qolaversa, uning jismoniy holati ham klublar talabiga javob bermaydi.
Fikrlar