
Raxim Sterling Bundesligaga yo‘l olishi mumkin
"Chelsi" vingeri Raxim Sterling faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
"BBC"ning xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchiga "Bayer" qiziqish bildirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Sterling bosh murabbiy Entso Mareska rejalariga kirmaydi. Shu sababli, uning londonliklar safida qolishi murakkab ko‘rinadi. Shuningdek, boshqa klublar ham futbolchini na sotib olishni, na ijara olishni xohlamayabdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Sterling ijara asosida "Arsenal" safida harakat qilib, 28 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar