Ravshan Haydarov Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabani qanday izohladi?

  • 23 iyul, 00:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yurtimizda "Mirabror Usmanov Cup-2025" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ilk uchrashuvda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 
 
"Ajoyib stadionda ajoyib turnir tashkil qilgan barcha xodim va rahbarlarga tashakkur aytmoqchimiz. Shu bilan birga, bunday kuchli raqiblarni jalb qilishgani uchun ham alohida rahmat aytish kerak. Biz esa bundan g‘oyat xursandmiz. Nazarimda, Saudiya Arabistoniga qarshi va keyingi bellashuv Yaponiyaga qarshi to‘qnashuvlar bizning tayyorgarlik jarayonida juda katta foyda beradi. Shuningdek, jamoa bilan bu o‘yinlardan katta tajriba orttirmoqdamiz. Eng muhimi shuki, muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi va futbolchilarimizning bugungi ishtiyoqi sabab, bugun arablar ustidan muvaffaqiyatga erishdik" - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi terma jamoamiz mutaxassisi.. 
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 25 va 28 iyul kunlari soat 20:00 da Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!