Rasmiy xabar! Portugaliya bosh murabbiyi Santush iste’foga chiqarildi

  • 15 dekabr, 2022, 21:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush iste’foga chiqarildi. Bu haqda mashhur "BBC Sports" nashri xabar berdi. 

Tecno

Portugaliyaliklar Qatardagi Jahon chempionatida chorak finalga etib bordi va ushbu bosqichda kutilmaganda Marokashga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu natija mamlakat futbol rahbariyatiga ma’qul kelmadi va bu murabbiyning iste’foga chiqishiga sabab bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, Santush Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan 2016 yil Evropa chempionatida, 2019 yilda esa UEFA millatlar ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgandi. 

Uning o‘rniga keladigan yangi bosh murabbiy nomi tez orada e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!