Rasman! "Turon"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 23 yanvar, 2022, 11:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, “Turon” klubi kutilganidek, Anvar Berdievni rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Tecno

Jamoada o‘tgan yildan beri ishlab kelayotgan mutaxassis qishki yig‘indagi tayyorgarlikka boshchilik qilib kelayotgandi va shu sababli uning yangi mavsumda bosh murabbiy sifatida ishlashi kutilayotgandi. “Turon” esa bugun 44 yoshli Anvar Berdievni rasman bosh murabbiy bo‘lganini e’lon qildi.

Anvra

U faoliyati davomida “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Andijon” kabi klublarda to‘p surgan va o‘zining to‘purarlik mahoratini ko‘rsatgan. Shuningdek, Anvar Berdiev milliy chempionatlarimizda 500 tadan ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida tarixda qolgan.

Murabbiy sifatida esa bungacha “Istiqlol” va “Buxoro” jamoalarida ishlagan. “Turon” esa uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. Berdievning oldiga "Turon"ni pro ligadan Superligaga olib chiqish vazifasi qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!