
Rasman! Evropa chempioni va Amerika Kubogi g‘olibi o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi
UEFA Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi bilan kengaytirilgan hamkorlik doirasida o‘yin o‘tkazilishini e’lon qildi.
Muxlislar amaldagi Evropa chempioni va Amerika kubogi g‘olibi o‘rtasidagi bahsga 2022 yilning iyun oyida guvoh bo‘ladi. Mazur uchrashuv 2020 yil noyabr oyida vafot etgan Diego Maradona xotirasiga bag‘ishlanadi.
Ma’lumot uchun, bu terma jamoalar so‘nggi bor 2018 yil mart oyida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishgan va unda Janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida "skuadra adzurra"ni mag‘lub etgan.
Fikrlar