Rasman! “Barsa” yulduzi boshqa jamoaga o‘tdi

  • 1 iyul, 17:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ishonchi va e’tiborini qozona olmagan Ansu Fati Kataloniyadan Frantsiyaga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

Endi 22 yoshli iste’dod egasi Liga 1 o‘yinlarida “Monako” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, monakoliklar Fatini keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olgan. Yangi mavsum oxirida “Monako” vakillarida “Barselona” tarbiyalanuvchisini 11 million evroga o‘z safiga qo‘shib olish imkoni beriladi.

Ansu Fati “Barsa”ning eng zo‘r tarbiyalanuvchilaridan bo‘lgan. Lionel Messi klubdan ketganidan keyin aynan mana shu o‘yinchi argentinalik yulduzning vorisi sifatida e’tirof etilgan va unga 10-raqam taqdim etilgan edi.

Biroq keyinchalik bir necha bor og‘ir jarohatlarga duch kelgan Ansu Fati yuqori sport formasiga chiqa olmadi. O‘tgan mavsumda atigi 11 marta maydonga tushgan hujumkor futbolchi birorta bellashuvda o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!