
Rasman! AQSh terma jamoasini mashhur murabbiy boshqaradigan bo‘ldi
Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino rasman AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda AQSh terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
52 yoshli murabbiyga amerikalik futbolchilarni AQSh, Kanada va Meksika hamkorligida o‘tkaziladigan 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash vazifasi topishirildi.
Pochettinoning oxirgi ish joyi “Chelsi” bo‘lgandi. U “aristokratlar”ni 2023 yilning yozidan keyingi yilning mayigacha boshqardi va qoniqarsiz natijalar tufayli ishidan ozod etilgan edi. Muarisio qo‘l ostida “Chelsi” 51 ta uchrashuvdan 27 tasida g‘alaba qozongan, o‘n marotaba durang o‘ynagan va 14 ta bahsda imkoniyatni boy bergan.
Argentinalik mutaxassis hozirga qadar biror terma jamoani boshqarmagan va AQSh futbolchilari bilan ishlash uning uchun yangi tajriba bo‘ladi. Shunga qaramay, Pochettino Ispaniyaning “Espanol”, Angliyaning “Sautgempton”, “Tottenxem”, “Chelsi” va Frantsiyaning PSJ klublarida bosh murabbiylik qilgan.
Fikrlar