
Rakitich o‘tadigan jamoa deyarli aniq
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich mavsum yakunlangach “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, 32 yoshli xorvatiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun aynan “shporlar”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Boisi, unga xaridor bo‘layotgan jamoalar birin-ketin kurashdan chiqishyapti.
Masalan, “Yuventus”ga Rakitichning transfer narxi va yoshi ma’qul kelmayapti, “Atletiko” esa unga uzoq yillik shartnoma taklif qilolmaydi. Ivaning sobiq jamoasi “Sevilya”da esa uni ortga qaytarish uchun etarli mablag‘ yo‘q.
Rakitichning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Kataloniyaliklar esa uning transferini 20 mln evroga baholashmoqda.
Fikrlar