
Rafinya yoki Vinisius? Ronaldino hozirda eng yaxshi braziliyalik futbolchi kimligini aytdi
Braziliyalik mashhur sobiq futbolchi Ronaldino bugungi kunda dunyodagi eng yaxshi braziliyalik futbolchi kim ekanligini aytdi.
Ronaldino "Real Madrid" jamoasi hujumchisi Vinisius Juniorni birinchi o‘ringa qo‘ydi.
- Hozirgi paytda Vinisius Junior - dunyodagi eng yaxshi braziliyalik futbolchi. Rafinya ham yaxshi futbolchi. Ularda men kuzatishni yoqtiradigan brazilcha futbol harakatlari mavjud, - dedi Ronaldino.
Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2024-2025 yilgi mavsumda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan yili Vinisius "Oltin to‘p"ga da’vogarlik qilgan edi, ammo yakuniy natijada mukofotni Rodri qo‘lga kiritdi.
Fikrlar