Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga kelmoqchi?!

  • 10 oktabr, 2022, 05:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston terma jamoasini muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan rossiyalik mutaxassis Magomed Adiev yaqinda Sports.uz saytiga bergan eksklyuziv intervyusida bizning futbolimiz haqida ham fikr bildirgan bo‘lib, undan bir parchasini keltirib o‘tamiz.

Tecno

"O‘zbek futboli haqida gapiradigan bo‘lsam, unda mahoratli o‘yinchilar va murabbiylar borligini aytishim mumkin. Hozir ham o‘zbek o‘yinchilari milliy chempionatda porlashgach, boshqa chet ligalariga yo‘l olishmoqda. O‘z vaqtida men ham futbolchi sifatida yurtingizdan chiqqan o‘yinchilarga qarshi bir necha marta to‘p surganman. Masalan, Mirjalol Qosimovga qarshi. U juda iqtidorli futbolchi bo‘lgan.

Umuman, yurtingizdan bunday iqtidor egalari ko‘plab etishib chiqqan va bu jarayon davom etyapti. Futbol qaysi mintaqada o‘ynalmasin, bari men uchun qiziq. Baxtga qarshi shu kungacha yurtingizga tashrif buyurish menga hali nasib etganicha yo‘q. Umid qilamanki, kunlardan bir kun kelib albatta O‘zbekistonga tashrif buyuraman va tarixiy shaharlaringizni obdon aylanib chiqmoqchiman", - degandi Magomed Musaevich.

"Federatsiyada O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘yin o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan, Shomurodov bizning ro‘yxatimizda bo‘lgan" - Evropa maydonlarida shov-shuv ko‘targan murabbiy SPORTS.UZ saytiga katta intervyu berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
10/10/2022 14:00
bu yangilikla nima kerak. hech bulmasa sela ishlangla kechadan beri harom sudiya asabimga uynayapti sela hech bulmaa ohiriga etingla. Ravshan Ermatov nimaga jim ekan ochigi shu yil VAR Kelib ham haromlik qilaman desa qilarkan.