"Qozog‘iston Respublikasi Kubogi-2025" xalqaro turniri davom etmoqda

  • 9 dekabr, 17:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning, 2–12 dekabr kunlari Olmaota shahrida shaxmat bo‘yicha “Qozog‘iston Respublikasi Kubogi-2025” xalqaro musobaqasi o‘tkazilmoqda. 

Tecno

Turnirda 8 ta mamlakatdan 24 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Musobaqa erkaklar va ayollar yo‘nalishida ikki guruhda tashkil etilgan bo‘lib, har bir guruhda 12 nafardan ishtirokchi qatnashmoqda.

Ayollar guruhida O‘zbekiston sharafini ayollar xalqaro grossmeysteri hamyurtimiz Afruza Hamdamova (reytingi 2403) himoya qilmoqda.

7-turning yakunlariga ko‘ra, Afruza Hamdamova 4,5 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. O‘zbekistonlik shaxmatchi Sultonbek Zeynep va Xolyavko Mariyani mag‘lub etgan.

Shuningdek, Afruza Hamdamova Mkrtchyan Mariam (Armaniston), Kairbekova Amina (Qozog‘iston), Nurgalieva Zarina (Qozog‘iston), Bivol Alina (FIDE) va Munguntuul Batxuayg (Mongoliya) bilan durang natija qayd etdi.

Ayollar guruhi bo‘yicha 7-turdan keyingi holat:

1. Mkrtchyan Mariam — 5 ochko
2. Munguntuul Batxuayg — 5 ochko
3. Bivol Alina — 4,5 ochko
4. Hamdamova Afruza — 4,5 ochko
5. Kairbekova Amina — 4 ochko
6. Kurmangalieva Liya — 4 ochko
7. Serikbay Assel — 3,5 ochko
8. Nurgalieva Zarina — 3 ochko
9. Lyutsinger Iren — 3 ochko
10. Sultonbek Zeynep — 2 ochko
11. Kaldarova Ayaulim — 2 ochko
12. Xolyavko Mariya — 1,5 ochko

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!