"Qizilqum"ni tark etgan legioner o‘ziga yangi jamoa topdi

  • 25 yanvar, 2022, 22:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda “Qizilqum” sharafini uch nafar gruziyalik legionerlar himoya qildilar.

Tecno

Jumladan, Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze va Giorgi Kuxianidze navoiyliklar tarkibida to‘p surishdi.

Ammo uchala legioner ham “Qizilqum”ni tark etishdi. Grigalashvili allaqachon “Navbahor”ga o‘tib ketdi. Vatsadze esa hozircha Gruziyada, hali yangi klubga o‘tgani yo‘q. Kuxianidzega kelsak, 30 yoshli hujumkor yarim himoyachi bu yilgi mavsumni qaysi jamoada javom ettirishi ma’lum bo‘ldi. Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, “Qizilqum”ning sobiq o‘yinchisi Gruziya chempionatida Kutaisining “Torpedo” klubiga qo‘shildi.

kuxianidze

Giorgi Kuxianidze o‘tgan yili “Qizilqum” safida Superliganing barcha – 26 ta uchrashuvida maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kubok doirasida esa 3 ta bahsda ishtirok etgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!